Germaniya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» jamoasining sobiq futbolchisi Lothar Matteus jamoaning kelajakdagi yulduzi Lennart Karle haqida fikr bildirdi.

«Lennart futbolga e'tibor qaratishi kerak. U o'zini yaxshiroq ko'rsatishi lozim. Kamroq shou va ijtimoiy tarmoqlarni ishlatishi kerak. Futbol maydonida ko'proq samarali harakatlarni ko'rsatishi zarur. O'yinchi klubning talablariga e'tibor qaratishi shart», - deya Matteusning so'zlarini keltirmoqda Focus.

Ushbu mavsumda nemis Bundesligasida Lennart Myunxen jamoasi safida olti o'yin o'tkazdi. 18 yoshli yarimhimoyachi bitta gol urdi.

Yosh talantning transfer narxi 60 million evro deb baholanmoqda.