Hujumchi «Bavariya»dan Garry Keyn «Oltin to'p» sohibiga aylandi. Ingliz futbolchisi haqida yangilik Londonda bo'lib o'tayotgan marosimda e'lon qilindi. Qiziqarli tomoni shundaki, bu Myunxenning superklubi vakiliga 45 yildan so'ng berilgan birinchi mukofotdir. 1981 yilda Karl-Xaynz Rummenigge g'alaba qozongan edi.
Garry Keyn 2023 yil yozidan beri Bavariyada o'ynaydi. 33 yoshli hujumchiga shuningdek, yilning eng yaxshi hujumchisi uchun beriladigan Gerd Myuller nomidagi trofey ham nasib etdi. Vensan Kompani jamoasi o'tgan mavsumda ichki arenada barcha trofeylarni qo'lga kiritdi va Chempionlar ligasida yarim finalgacha yetib bordi.
