Maykl Olishe futbolchi sifatida Lamina Yamalidan ustun. Bunday fikrni «Bavariya»ning faxriy prezidenti va direktorlar kengashi a'zosi Uli Xyones bildirdi.
«Olishe dunyodagi eng yaxshi futbolchi bo'lish yo'lida. Mening fikrimcha, u Lamina Yamalidan yaxshiroq. Maykl gollar uradi, samarali uzatmalar beradi va yuqori tezlikka ega. Aslida, u – ideal futbolchi», - deya Xyonesning so'zlarini The Touchline keltirgan.
2026/2027 yilgi mavsumda Maykl Olishe o'nta o'yin o'tkazdi. U bu o'yinlarda to'qqiz gol urdi va beshta samarali uzatma berdi. Olishe «Oltin to'p» uchun 30 nafar da'vogar ro'yxatiga kirdi.
