Germaniya terma jamoasi va «Verder» klubining hujumchisi Niklas Fyullkrug «Maynts»ga qarshi o'yinda almashtirilgani haqida izoh berdi. O'yinchi 81-daqiqada maydonni tark etdi va jurnalistlarga ko'ra, u juda xursand emas edi.
«Almashtirish biroz kechikkanidan g'azablandim. Bir necha daqiqa oldin maydondan chiqishim kerakligini bildirdim. 3:2 hisobida g'alabani saqlab qolish uchun bizga barcha o'n bir futbolchi to'liq tayyor bo'lishi kerak edi. Bu meni biroz asabiylashtirdi», - dedi Fyullkrug Goal portaliga bergan intervyusida.
Biroq, Fyullkrug tabassum bilan almashtirish uchun to'g'ri vaqt bo'lmaganini tan oldi.
«Ko'rinib turibdiki, to'p umuman o'yindan chiqmagan», - deya qo'shimcha qildi u.
33 yoshli Niklas 8 gol bilan Bundeisliga to'purarlari poygasida yetakchilik qilmoqda.
