Matbuotda «Bavariya» jamoasining bosh murabbiyi Vensan Kompanining shoshilinch shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilmoqda. Belgiyalik mutaxassis tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan.
Nemis Sky telekanali ma'lum qilishicha, Kompani mashg'ulotdan keyin hushini yo'qotganligi sababli darhol shifoxonaga yotqizilgan.
Oxirgi paytlarda Vensan Kompani virusli infektsiya bilan kurashayotgan edi. Shuningdek, matbuotda belgiyalikning son bo'g'imida kuchli og'riqlar mavjudligi haqida ham xabarlar berilgan.
Yakshanba, 25-oktabr kuni «Bavariya» Germaniya chempionatida «Frayburg» jamoasiga qarshi mehmonlik o'yinini o'tkazadi. Myunxenliklar turnir jadvalida birinchi o'rinda, ammo Borussiya Dortmund jamoasi faqat qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha orqada qolmoqda.
