Germaniya chempionatining oltinchi turida qiyin vaziyatda «Werder» yana mag'lubiyatdan qutuldi, u «Paderborn» bilan durang o'ynadi. Qutqarish esa, hozirgi mavsumda shaxsiy hisobini olti golga yetkazgan hujumchi Niklas Fullkrugning ikki goli orqali amalga oshdi.

Shu tariqa, Niklas Rudi Follerning 1985/1986 yilgi mavsumda birinchi oltita o'yinda yetti gol urgan rekordini takrorlashga yaqinlashdi. Keyingi Bundesligada Bremen klubi «Mainz»ga qarshi safarda o'ynaydi. Bu o'yin 24-oktabr, shanba kuni bo'lib o'tadi.