«Viking»ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida «Bavariya» qanot o'yinchisi Maykl Olise qizil kartochka oldi. Fransuz birinchi sariq kartochkani foul uchun, ikkinchisini esa raqibga to'pni tashlagani uchun oldi.

Nemis futbol afsonasi Lotar Matteus Zlatko Tripichni fransuzni provokatsiya qilgani uchun ayblamadi.

«Albatta, raqiblar har qanday usul bilan bunday futbolchini o'yindan chetlatishga harakat qilishadi. Menimcha, Olise o'zini provokatsiyaga berib qo'ydi. Nihoyat, u nafaqat o'ziga, balki avvalo, jamoasiga zarar yetkazdi. Jarima kerakmi? Olise allaqachon yetarlicha jazolandi va xatosini anglaydi», - dedi Matteus Bildga.

«Viking» va «Bavariya» o'yini 3:3 hisobida tugadi.