«Frayburg» bosh murabbiyi Yulian Shuster jamoasini «Shalke» ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g'alaba bilan tabrikladi va bu natijadan so'ng jamoasi birinchi o'ringa chiqdi.

«Bizning asosiy kuchimiz - bu bizning kiyinish xonamiz. O'yin maydoniga tushmaydigan o'yinchilar jamoani qanday qo'llab-quvvatlayotgani. Bugun bu yerda ko'p kameralar bor, lekin ba'zan mashg'ulotlarga kelib, bu bolalarning qanday harakat qilayotganini ko'rish kerak», - deb aytgan Shuster Sportschau'ga.

Murabbiy shuningdek, o'yin davomida maydonga tushgan futbolchilarning hissasini ham ta'kidlab o'tdi:

«Bugun almashishga tushgan bolalar boshqalarga katta energiya berdi. Bizning vazifamiz - jamoani mas'uliyat bilan boshqarish va bu ustunlikni saqlab qolish».

Shuster 64-daqiqada Yuito Suzukining maydondan chetlatilishi haqida ham fikr bildirdi.

«Albatta, Yuito shunday qilishni xohlamasdi - bu keraksiz chetlatish edi. Lekin men jamoa bilan g'ururlanaman va o'yinchilarga kamchilikda o'yin o'tkazgani uchun rahmat aytmoqchiman», - dedi u.

«Frayburg» 5 o'yindan so'ng 13 ochko to'pladi. Shuncha ochkoga Dortmundning «Borussiya»siga ega, «Bavariya» esa 11 ochkoga ega.