«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Maykl Olice bilan ishlash haqida fikr bildirdi.
Belgiya mutaxassisi 24 yoshli fransuzni jahon darajasidagi yulduz deb hisoblaydi, lekin uning rivojlanishini davom ettirish zarurligini ta'kidladi.
«So'nggi yillarda Olice muhim taraqqiyotga erishdi. Lekin murabbiy sifatida bunday o'yinchilar bilan ishlashda eng muhim narsa – ularning rivojlanishga bo'lgan ishtiyoqini saqlab qolishdir. Hatto ular doimiy ravishda maqtaladigan muhitga tushganida ham.
Biz futbolchilarning muvaffaqiyatlarini mashg'ulotlarda, o'yinlarda qayd etamiz, lekin agar o'yinda pasayish kuzatilsa, darhol qanday qadamlar qo'yish kerakligi haqida muhokama o'tkazamiz. Bu bizning vazifamiz. Biz o'yinchini jahon yulduziga aylantira olmaymiz – bu imkonsiz. Bu allaqachon uning ichida mavjud», – dedi Kompani Sky Sport bilan bo'lgan intervyusida.
Maykl Olice 2024 yil yozida «Bavariya»ga «Kristal Pelas»dan o'tdi.
