«Bavariya» hujumchisi Garry Kayn Bundeisligada 100 gol urgan eng tez futbolchi bo'ldi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Angliyalik futbolchi o'zining 100-golini Germaniya chempionatining 4-turida «Union»ga qarshi o'yinda kiritdi. Ushbu uchrashuv Kayn uchun Bundeisligadagi 98-o'yin bo'ldi. Oldingi rekord «Koln»dan Dieter Myullerga tegishli bo'lib, u 129 o'yin o'ynagan edi.
2023 yilda «Bavariya»ga o'tganidan beri Kayn Bundeisligada har 78,5 daqiqada bir gol urmoqda. Taqqoslash uchun, Erling Holandning ko'rsatkichi 87 daqiqa, Robert Levandovskida 100 daqiqa, Gerd Myullerda esa 105 daqiqa.
33 yoshli Kayn «Bavariya»da jami 154 o'yinda 151 gol urgan. O'tgan mavsumda u 51 uchrashuvda 61 marta to'pni raqib darvozasiga yo'lladi.
