Luis Enrike, fransuz «PSJ» jamoasining bosh murabbiyi, o'z shogirdlarining «Oltin to'p» nominantlari ro'yxatiga kiritilishi haqida fikr bildirdi.

Shaxsiy mukofot uchun Vitina, Ferran Torres, Fabian Ruiz, Joao Neves, Vilyan Pacho, Nuno Mendes, Ashraf Hakimi, Markinos, Xvicha Kvaratsxelia va Usman Dembele kurash olib boradi.

«Hammaga ma'lumki, «PSJ» jamoaviy futbol o'ynaydi. Bizda «Oltin to'p»ni yutish imkoniyatiga ega futbolchilar borligi bizni quvontiradi. Bu bizning falsafamiz – o'ynash va g'alaba qozonish. So'nggi ikki yilga nisbatan hech narsa o'zgartirmasligimiz kerak», - dedi parijliklarning murabbiyi.

Oltin to'p taqdirlash marosimi 26 oktyabrda Londonda bo'lib o'tadi.