Moskva Dinamo muxlisi Aleksandr Dobrovin Rossiya darvozaboni Matvey Safonovning France Football versiyasi bo'yicha yilning eng yaxshi darvozaboni bo'lish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Matvey juda yaxshi darvozabon, mukofotni olish imkoniyati bor, ajoyib mavsum o'tkazdi. U to'rtta penalti to'xtatdi va bu hamma xotirasida, shuning uchun uning imkoniyatlari katta», - deb aytgan Dobrovin «Match TV»ga.

Mukofot egasi 26-oktabr kuni Londonda bo'lib o'tadigan «Oltin to'p» taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.

O'tgan mavsumda Safonov Parij jamoasi safida 27 uchrashuvda qatnashdi. Rossiyalik 12 uchrashuvda darvozani ochiq saqladi.