«Pari Sen-Jermen» prezidenti Nasser al-Xelaifi Luis Enrike va jamoaning beshta futbolchisi bilan yangi shartnomalar tuzish haqida fikr bildirdi.

Bosh murabbiy uchun yangi shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan. Shuningdek, klub Fabiyan Ruismas (2028), Vilyan Pacho, Joau Neves, Lukas Beraldo va Senni Mayul bilan (barchasi 2031 yilgacha) shartnomalarni uzaytirganini e'lon qildi.

«Biz Luis Enrike, Senni Mayul, Joau Neves, Vilyan Pacho, Lukas Beraldo va Fabiyan Ruismas «PSJ» bilan birga davom etayotganidan xursandmiz. Ular klubimizning hozirgi va kelajagini ifodalaydi. Biz kelajak uchun loyiha qurishga, qadriyatlarimizga sodiq qolishga va tarixni qayta yozishga harakat qilmoqdamiz, shunda muxlislarimiz biz bilan faxrlanishlari mumkin», – deya al-Xelaifining so'zlarini keltiradi PSG COMMUNITY.

Hozirda «PSJ» va «Monako» o'rtasida Liga 1 doirasida o'yin o'tkazilmoqda. O'yin jarayonini LiveResult saytida kuzatishingiz mumkin.