«Monako» bosh murabbiyi Filip Luis, yarim himoyachi Lamin Kamara «Chelsi»ga o‘tishining amalga oshmasligi sababli xafa bo‘lishi mumkinligini tan oldi.

«Ehtimol, bular uning ustiga ta'sir qilgan. Lekin u maxsus yigit va juda yaxshi inson. U bilan ishlash oson. Futbol olami Laminni biladi. Unga boshqa klublar qiziqmoqda. Agar u o‘z darajasida o‘ynashda davom etsa, unga bir emas, bir necha top-jamoalar keladi», - deya Luisni GFFN iqtibos keltirmoqda.

Murabbiy Kamara 4 sentyabrda «PSJ»ga qarshi o‘ynashini tasdiqladi. Bundan tashqari, senegallik futbolchi «Monako»ning vitse-kapitanlaridan biri etib tayinlandi.

O‘tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi 31 o‘yinda 3 gol va 4 assist bilan o‘zini ko‘rsatdi.