Aleksandr Klyuev, Rossiya yarim himoyachisi «Monako»da o‘ynayotgan Aleksandr Golovinning agenti, futbolchining klubda qolishi haqida savolga javob berdi.
Avvalroq 30 yoshli futbolchining «Zenit»ga o‘tishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.
— Sasha bilan shartnoma 2029 yilgacha. Siz uning qanday o‘ynayotganini ko‘ryapsiz. «Marsel»ga qarshi juda muhim o‘yin bo‘ldi. Transfer oynasi yopilishidan oldin u jamoani tark etishi mumkinmi? Har doim imkoniyatlar bo‘ladi, — dedi agent «Match TV»ga.
Golovin 2018 yildan beri «Monako»da faoliyat yuritmoqda. Yangi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda uchta o‘yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va bir assistentlik qayd etdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Golovinning narxi 18 million evrodir.
