«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Lille»ga qarshi o'yinda qanot o'yinchisi Dezire Duzeni erta almashtirish haqida fikr bildirdi. 21 yoshli futbolchi parijliklarning boshlang'ich tarkibida o'yinga tushgan, ammo tanaffusda Xvicha Kvaratsheliya bilan almashtirilgan. O'yin 2:2 hisobida yakunlandi, bunda joriy chempionlar 91-daqiqagacha 0:2 hisobida ortda qolishdi.
«Duze kichik mushak muammosidan aziyat chekdi, shuning uchun uning almashtirilishi na taktik, na texnik sababga ko'ra amalga oshirildi», – deb aytgan Enrike so'zlarini PSG Report yetkazmoqda.
4 sentyabr kuni «PSJ» o'z maydonida Monakoga qarshi Frantsiya chempionatining uchinchi turida o'ynaydi. Hozirda Enrike jamoasi jadvolda ikki ochko bilan oltinchi o'rinda turibdi.
