Fransuz «PSJ» klubi bolalar va o‘smirlar jamoalari uchun yangi xulq-atvor qoidalarini e'lon qildi - bu «bolalar uchun detoks» deb ataladi. Bu mobil telefonlardan foydalanish vaqtini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir, deb xabar bermoqda derbderbyderby.it fransuz nashri RMC Sportga asoslanib.
Klub yig‘inlari davomida o‘smir futbolchilarga kechki soat 20:30 dan keyin telefonlardan foydalanish taqiqlanadi - ularni maxsus konteynerga joylashtirishga majbur qilinadi. Aslida, ularga kuniga faqat bir soat telefon ishlatish ruxsat etiladi - soat 19:30 dan 20:30 gacha.
Yangi chora-tadbirlar jami 150 nafar yosh futbolchini, shu jumladan, erkak va ayol jamoalari o‘rtasida 11 dan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni qamrab oladi.
