2026/27 yilgi Fransiya chempionatining birinchi turida «Le-Man» «Brest»ni qabul qildi. O'yin natijasi 2:2 hisobida tugadi.

Birinchi taymda tomoshabinlar zerikishmadi. 31-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Kamori Dumbianing golli uzatmasidan so'ng, Romen del Kastilyo raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Periord tugashidan oldin «Le-Man» hisobni tenglashtirdi. Lui Mafuta Dama Geyega pas berib, u to'pni darvozaga yo'naltirdi. 55-daqiqada mezbonlar yana bir bor gol urdi va bu uchrashuvdagi ilk bor oldinga chiqishdi. Golni Mafuta kiritdi.

«Brest» 62-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Mehmonlarni mag'lubiyatdan qutqargan Kamori Dumbia bo'ldi.