Turkiyaning «Istanbul Bashakshahir» va O'zbekiston terma jamoasi qanot o'yinchisi Abbosbek Fayzullayev Frantsiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, sobiq CSKA futbolchisi «Strasburg» klubining qiziqishini uyg'otgan. Fransuz klubi 22 yoshli qanot o'yinchisini transfer oynasining so'nggi kunlarida sotib olishga harakat qiladi, lekin bu oson bo'lmaydi. Fayzullayevning «Istanbul Bashakshahir» bilan 2030 yilgacha davom etadigan uzoq muddatli shartnomasi bor.

Yangi mavsumda Fayzullayev barcha musobaqalarda uchta o'yinda qatnashdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.