Disiplinar qo'mitasi «PSJ» himoyachisi Nuno Mendeshni jazoladi. Portugaliyalik futbolchi uchta o'yin uchun diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar beradi RMC Sport.
Eslatib o'tamiz, «Lans»ga qarshi Frantsiya Superkubogi o'yinida Mendesh qizil kartochka oldi. Portugaliyalik himoyachi raqibining yuziga bilak bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.
«PSJ» Frantsiya Superkubogini yutib ololmadi — «Lans» 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Shunga qaramay, parijliklar avvalroq UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan edi.
Birinchi turda Frantsiya chempionatida «PSJ» «Renn»ga qarshi o'ynaydi. O'yin 23-avgust, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
