Fransiya chempionatining birinchi turidagi «PSJ» va «Renn» o'yini 23-avgustda bo'lib o'tmasligi mumkin. RMC Sport xabariga ko'ra, «Park de Prens» stadionidagi maydon yuqori haroratlar sababli yomon holatda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Professional liga maydon holatini baholamoqda. «PSJ» va «Renn» o'yini zaxira sanasiga ko'chirilishi mumkin. Yana bir variant – birinchi tur o'yinini «Renn» maydonida o'tkazish. Biroq, bunday holatda o'yin tashkilotida muammolar yuzaga kelishi mumkin, chunki o'yinga qadar vaqt unchalik ko'p qolmagan.

«PSJ»da Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov o'ynaydi.