«Monako» 2018 yilgi jahon chempioni Pol Pogbaning ketishini e'lon qildi. Bu haqda monakoliklarning klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Futbolchining shartnomasi tomonlarning o'zaro roziligi bilan bekor qilindi. Shartnoma 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan edi.

«Klub 2018 yilgi jahon chempioni bo'lgan Pogbaga ko'rsatgan ishonchi va professionalizmi uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi, u Monakoda bo'lgan vaqt davomida buni namoyon etdi», - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Pogba «Monako»ga ko'rsatgan ishonchi uchun rahmat aytib, jamoaga muvaffaqiyatlar tiladi.

2024 yil fevralda fransuz to'rt yilga doping qonunlarini buzganlik uchun diskvalifikatsiya qilingan. Keyinchalik sud bu muddatni 1,5 yilga qisqartirdi. Monakoda 33 yoshli Pogba bir yil ichida faqat olti o'yin o'ynadi.