Ispaniya terma jamoasi va «PSJ»ning yangi o'yinchisi Ferran Torres muntazam ravishda psixoterapevtga borishini aytdi.

«Mening uchun tinchlikni saqlash muhim. Men e'tibor va bosimning meni o'zgartirishiga yo'l qo'ymayman. Ha, men jahon chempioni bo'ldim, lekin avvalgi odam bo'lib qolishim kerak. Menga mashhur bo'lish yoqadi, lekin bir vaqtning o'zida o'zimni nazorat qilishga harakat qilaman. Men tabiiy ravishda harakat qilaman, do'stlarim va yaqinlarim bilan yaqin aloqalarni davom ettiraman. Shuningdek, haftada bir yoki ikki marta muloqot qiladigan psixoterapevtim bor. Bu men uchun juda muhim», - dedi futbolchi Vogue jurnaliga bergan intervyusida.

Ushbu psixoterapevt futbolchiga 2021 yilda «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o'tganidan keyin yuzaga kelgan depressiyadan chiqishga yordam bergan.

«Bir vaqtlar odamlar bu mavzular haqida gapirishdan qo'rqishardi, o'zlarini noqulay his qilishardi. Menimcha, inson o'z his-tuyg'ulari haqida gapirish kerak. Bu nafaqat sportga, balki hayotga ham taalluqlidir. Siz ruhiy jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham kuchli bo'lishingiz kerak», - qo'shimcha qildi Torres.