«Atlanta United» yaqinda Shveysariya terma jamoasi va «Renna» hujumchisi Breyl Embolo bilan transfer kelishuvini yakunlash arafasida. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Transfer summasi taxminan 15,5 million evro bo‘ladi. Embolo MLS tarixidagi eng qimmatbaho o‘yinchilardan biri bo‘lishi mumkin. O‘tgan mavsumda 29 yoshli hujumchi 34 o‘yinda 10 gol urdi va 3 golli uzatma berdi.

Embolo shuningdek «Bazel», «Shalke», «Borussiya» (Monchengladbach) va «Monako»da ham o‘ynagan. Shveysariya terma jamoasi safida 92 o‘yinda 26 gol urgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida 2 gol urib, 2 golli uzatma berdi.

«Atlanta»da Embolo Mikel Almiron va Aleksey Miranchuk bilan birga hujum chizig‘ini tashkil etishi kutilmoqda. Jamoa qayta qurilish jarayonida bo‘lib, hozirda turnirning eng yomon jamoalari qatorida.