Fransiya chempionatida 10-tur o'yinlari o'tkazilmoqda, amaldagi chempion «PSJ» minimal ustunlik bilan «Trua»ni mag'lub etdi. Ushbu g'alaba parijliklar uchun barcha turnirlarni hisobga olganda, ketma-ket 11-g'alaba bo'ldi - chempionatda yettita va Chempionlar ligasida to'rtta.
Shunday qilib, 2023 yildan beri klubni boshqarayotgan Luis Enrique o'zining murabbiy sifatidagi eng yaxshi g'alaba seriyasini takrorladi (shuningdek 11 ta o'yin — 2015 yilning yanvar-fevral oylarida «Barselona» bilan).
So'nggi muvaffaqiyatlar parijliklarga Fransiya chempionatidagi odatiy birinchi o'rinlarini qaytarishga yordam berdi.
