«PSJ» Luis Enrique Zinedin Zidaning so'zlariga javob berdi. Fransiya milliy terma jamoasi murabbiyi yaqinda Uorren Zayir-Emarini o'ng himoyachi sifatida ko'rmasligini aytdi. Zayir-Emari ko'pincha «PSJ»da o'ng himoyada o'ynaydi, shu jumladan, bu shanba kuni «Trua»ga qarshi o'yinda ham shunday bo'lgan.

«Zinedin Zidan uchun maslahatim bormi? Har bir murabbiy o'z ishini qiladi, va Zidan o'z ishini juda yaxshi bajarmoqda», - dedi Enrique matbuot anjumanida Foot Mercato tomonidan keltirilgan javobida.

Shuni eslatib o'tamizki, «PSJ» o'z maydonida «Trua»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Yagona golni himoyachi Ilya Zabarniy kiritdi.