«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrike xotiniga oid bir voqeani aytib berdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, xotini unga o‘zining o‘yin uslublarining samarali ekanligini tushunishga yordam bergan.
«Birinchi mavsumda xotinim mendan so‘radi: «Nima uchun sening jamoang maydonda kim bo‘lishidan qat’i nazar bir xil o‘ynaydi? Shunda men o‘yladim: «O‘sha, bu ishlaydi». Bu men uchun kalit. Bir kuni uni o‘zim bilan olib ketaman!» - deydi Enrike, bu so‘zlarni The Touchline keltirgan.
Luis Enrike 2023 yil yozidan beri «PSJ»ni boshqaradi. Ispan murabbiyi boshchiligida parijliklar 13 ta unvonni qo‘lga kiritdi, jumladan, ikki marta Chempionlar ligasi kubogini.
«PSJ»ning keyingi o‘yini 7-noyabrda «Trua»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
