Markaziy himoyachi «PSJ» Vilyan Pacho fransuz jamoasining bosh murabbiyi Luis Enrike haqida fikr bildirdi.

«Bu alohida murabbiy. U oddiy murabbiy qilmaydigan ishlarni qiladi. Men juda mamnunman va umid qilamanki, u bilan iloji boricha ko'proq ishlayman. Enrike futbolchilarni yaxshi tushunadi, kerakli so'zlarni tanlaydi. U menga juda oz gapirdi, lekin bu hammasi o'z o'rnida edi», - deydi Pacho RMC Sportga.

Ispan mutaxassisi 2023 yil yozidan beri parij klubida faoliyat yuritmoqda. Uning rahbarligida «PSJ» uch marta Ligue 1 va Fransiya Superkubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Enrike jamoani ikki marta Chempionlar ligasi, Fransiya kubogi va UEFA Superkubogida g'alabaga olib chiqdi.