Fransiya prezidenti Emmanuel Makron avval futbolga katta qiziqish ko'rsatmagan bo'lsa-da, jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida u o'zining siyosiy ballarini oshirish imkoniyatini ko'rdi. U terma jamoa o'yinchilaridan katta umidlar kutmoqda.

«Men sizlarga ishonaman. Bu sizlarga aytmoqchi bo'lgan birinchi narsa. Men ushbu jamoaga ishonaman. Didier Deschamps ajoyib bir narsa yaratdi. Men uchinchi yulduzni xohlayman», - deya Makronning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Qolaversa, Fransiya terma jamoasi jahon chempionatida ikki marta - 1998 va 2018 yillarda g'olib bo'lgan. Shuning uchun Makron «uchinchi yulduz» haqida gapirmoqda.