«Krasnodar» darvozaboni Stanislav Agkatsev «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning Lev Yashin nomidagi mukofotda to'rtinchi o'rin olgani haqida fikr bildirdi.

«Bir tomondan, bu yutuq. Boshqa tomondan, erishish uchun maqsadlar bor. Lekin men u mukofotni yutadi deb o'ylagandim. Umid qilamanki, kelasi yilda u mukofotni qo'lga kiritadi», — dedi Agkatsev «Match TV»ga.

Lev Yashin nomidagi mukofot «Eng yaxshi darvozabon» nominatsiyasida g'olibga beriladi va «Oltin to'p» marosimida taqdirlanadi. Rossiyalik darvozabon nominatsiyada to'rtinchi o'rinni egalladi, mukofotni Unai Simon («Atletik», Ispaniya) qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni David Raya («Arsenal», Ispaniya) egalladi, uchinchi o'rinda esa Thibaut Courtois («Real», Belgiya) turdi.

Safonov «Krasnodar» tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024-yildan beri «PSJ»da o'ynaydi.