Jurnalist Lequipe Joze Barroso «PSJ»ning jarohatlangan qanot o'yinchisi Xvicha Kvaratsxelia o'rnini bosuvchi o'yinchi sotib olishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Gruziyalik o'yinchi «krest» jarohatini oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi.
«Ehtimol, qishki transfer davrida «PSJ» Xvichaning o'rnini bosuvchi qanot o'yinchisini sotib olishni maqsad qilishi mumkin. Ehtimol, uni Rossiyada ham qidirsalar kerak, chunki u yerda o'yinchini arzonroq sotib olish mumkin», - deydi fransuz jurnalisti «RB Sport».
Xvichaning jiddiy jarohati tufayli Kvaratsxelia hozirgi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi ehtimoli yuqori.
25 yoshli qanot o'yinchisinin bozor qiymati 140 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha davom etadi.
