«Pari Sen-Jermen»ning hujumchi yarimhimoyachisi Senni Maju, kelajakda o'zining «Oltin to'p» uchun imkoniyatlari haqida savolga javob berdi.

20 yoshli futbolchi, dushanba kuni bo'lib o'tgan «Lyon»ga qarshi Ligue 1 o'yinida parijliklarning g'alaba golini urdi. O'yin Londonda «Oltin to'p» taqdirlash marosimi bilan bir vaqtda o'tdi va jurnalistlar Maju bilan intervyu davomida, kelajakda nominantlar qatorida o'zini ko'radimi, deb so'rashdi.

«Ey, men hali yoshman. Men kareramni yangi boshlayapman, shuning uchun uzr», – dedi Maju, uning so'zlarini Actu Foot keltirmoqda.

«Oltin to'p» – 2026 egasi Garry Keyn bo'ldi. «PSJ»dan eng yuqori natijaga erishgan futbolchi Xvicha Kvaratsxelia bo'lib, u oltinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, Usmon Dembel va Fabian Ruiz yettinchi va o'ninchi o'rinlarni egalladi.