Fransuzning «PSJ» jamoasi jiddiy jarohat olgan Xvicha Kvaratskheliyadan keyin hujum chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Gruziyalik qanot o'yinchisi xoch bog'lamlaridan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi.
Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, Parij klubi ko'rib chiqayotgan futbolchilar orasida 18 yoshli meksikalik Xilberto Mora ham bor. «PSJ» o'yinchini yanvar oylidagi transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Liverpul», «Arsenal», «Real» va «Barselona»ning Mora bilan qiziqishi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu istiqbolli meksikalik futbolchining transfer narxi 25 million evro deb baholanmoqda. Uning «Tixuana» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
