«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov Telegram kanalida video yozdi. Futbolchi Parijda Katta saroyga tashrif buyurdi, u yerda rasmlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.
«Shaxsiy kolleksiyadan sotiladigan rasmlar namoyish etildi. Bugun ko'p yangiliklar bilib oldik, tomosha qilamiz. Bo'sh qo'llar bilan chiqamizmi, ko'ramiz. Lekin narxlar haqida ma'lumot oldim. Mana, bir rasm. Men: «Qancha turadi?» deb so'radim. Menga: «100 million evro» dedilar. Men esa: «Tushundim. Faqat tomosha qilamiz» - dedi Safonov.
Oldinroq, «PSJ» va «Lion» o'rtasidagi Fransiya chempionati o'yini ko'chirilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan. O'yin ko'chirilishi mumkin.
Hafta davomida «PSJ» Chempionlar ligasida «Barselona»ni 4:2 hisobida yengdi.
