«PSJ» himoyachisi Ilya Zabarny «Strasburg» ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g'alabani sharhladi. Zabarny o'z jamoasining birinchi golini 77-daqiqada kiritdi va hisobni tenglashtirdi.

«Biz bu o'yin qiyin bo'lishini yaxshi tushunardik, shunga tayyorlandik. Yana bir bor yaxshi kayfiyatni ko'rsatdik. O'zimizga gol o'tkazib yuborgandan so'ng, qo'lni tushirmadik. Biz vaziyatlarni yaratdik, o'z uslubimizni davom ettirdik - bu eng muhim narsa. Biz bir daqiqaga ham qo'lni tushirmadik.

Mening golim? Bu juda ajoyib! Men gol urganimdan va jamoa natijasiga o'z hissamni qo'shganimdan baxtiyorman. Bu men uchun ajoyib bir lahza. Umid qilamanki, shu ruhda davom etaman», - deya Zabarny «PSJ»ning matbuot xizmati orqali aytgan.

Ilya Zabarny o'zining o'yinida WhoScored baholashiga ko'ra «PSJ»ning eng yaxshi uchliklariga kirdi. Eng yaxshi o'yinchi esa darvozabon Matvey Safonov bo'ldi.