1998-yilgi Jahon chempioni Emmanuel Pati «PSJ» darvozaboni Luka Shevalyeni asosiy tarkibda o‘rni yo‘qligi sababli klubni tark etishga chaqirdi.

Shevalye «Lill»dan «PSJ»ga o‘tgandi, lekin asosiy darvozabon sifatida o‘rnashib ololmadi. Bosh murabbiy Luis Enrike rus darvozaboni Matvey Safonovga afzalroq qaramoqda.

«Shevalye yana o‘ynashi kerak! U klubni tark etishi lozim. Haqiqatan ham, nega u hali ham jamoada qolayotganini tushunmayman. Safonov murabbiy tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va darvozani himoya qilishda davom etadi», - dedi Pati RMC efirida.

«Yuqori darajadagi sportchi bo‘lganda, raqobatlashishga odatlangan bo‘lasiz va o‘ynashni xohlaysiz. Barcha hayotingiz davomida zaxira o‘yinchisi bo‘lish bilan qoniqish hosil qila olmaysiz. Bosim uning uchun juda kuchli bo‘lib chiqdi. U «PSJ»da duch kelgan qiyinchiliklarga psixologik jihatdan tayyor emas edi.

Joriy mavsumda Shevalye bir marta ham maydonga tushmadi.