«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrique o'zining kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
- Men allaqachon erishgan yutuqlarimdan juda mamnunman. Shunga qaramay, yana ko'p sovrinlar yutish istagim bor. Ammo mag'lubiyat kelganda, buni iloji boricha munosib qabul qilish kerak. Boshqa jamoa, boshqa murabbiy, boshqa oila, boshqa klub g'alaba qozonadi va ular baxtli bo'lishadi. Hayot shunday, - deydi ispan mutaxassisi Marca nashriga.
Esimizda bo'lsin, 56 yoshli mutaxassis 2023 yilning yozidan beri «PSJ»da faoliyat yuritmoqda. Bu vaqt ichida parij klubi uning rahbarligida 13 ta sovrin yutdi, jumladan, ikki marta Chempionlar ligasi kubogini.
