«Pari Sen-Jermen»ning bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa futbolchilari bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.
«Men kulishni, hazil qilishni, o'yinchilar bilan yaqin bo'lishni yoqtiraman. Bu menga energiya beradi: men ular bilan bir to'lqinda bo'lishni, hazil qilishni, barcha lahzalarni birga boshdan kechirishni xohlayman. Ba'zan Vitinya menga: «Siz jiddiymisiz yoki yo'qmi, tushunmayapman?» deb aytadi. Men esa javob beraman: «O'zing hal qil» . Men o'yinchilar bilan bunday munosabatlarni qo'llab-quvvatlashni yoqtiraman», – deydi ispaniyalik mutaxassis Le Meilleur du PSG nashrida.
Luis Enrike 2023 yil yozidan buyon «PSSJ»ni boshqarib kelmoqda. Murabbiy parijliklar bilan 13 ta sovrin qo'lga kiritdi, jumladan, Chempionlar ligasida ikki marta ketma-ket g'alaba qozondi.
