«PSJ» murabbiyi Luis Enrique jamoaning hujumchi yarimhimoyachisi Ushman Dembeleni Millatlar Ligasi o'yinlaridagi o'yin darajasi uchun tanqid qilganlarga qarshi chiqdi.

«Tanqid bilan rozi emasman. Ushman o'zini a'lo darajada ko'rsatdi deb o'ylayman. U alohida futbolchi. Uning o'yinini stadionda ko'rish uchun bilet sotib olishga arziydi. Dembele o'yin natijasini hal qilishga qodir», - deya aytgan ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini Footmercato yetkazdi.

Avvalroq Dembele qo'shimcha dam olishga ega bo'lib, «Le-Man» bilan o'yinda maydonga tushmaydi deb ma'lum bo'ldi.

Joriy mavsumda Fransiya chempionatida 29 yoshli «Zolotoy myach» sohibi to'rtta uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.