Darvozabon Luka Shevalye qishki transfer oynasida «Pari Sen-Jermen»ni tark etishi mumkin.
Paryajonlarning bosh murabbiyi Luis Enrike Matvey Safonovga ishonch bildirmoqda, shu bilan birga fransuz darvozaboni joriy mavsumda bir marta ham maydonga tushmadi. Shevalyening o'yin amaliyoti yo'qligi sababli, L'Equipe ma'lumotlariga ko'ra, yanvar oyida jamoani tark etishi ehtimoli yuqori. 24 yoshli darvozabon o'z karerasini qayta tiklash umidida, sakkiz oy davomida zaxirada o'tirdi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Luka Shevalyening narxi 22 million evroga baholangan, futbolchining «PSJ» bilan tuzilgan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
