«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachi Uarren Zaira-Emeryning holati haqida ma'lumot berdi, u jarohati sababli milliy terma jamoa yig'inidan chiqib ketdi.

Zaira-Emery Fransiya chempionatining beshinchi turidagi o'yinda jarohat oldi.

«Dushanba kuni «Marsel»ga qarshi o'yinda chap sonida kichik jarohat olgan Uarren Zaira-Emery bu hafta davolanishdan o'tadi», - deyiladi parijliklarning rasmiy bayonotida.

Jarohati sababli Zaira-Emery Fransiya terma jamoasining yaqinlashayotgan o'yinlarida ishtirok eta olmaydi. Uning o'rnini, oldinroq xabar qilinganidek, klubdoshi Magnes Akliush egallaydi.