Aleksey Batakov Matvey Safonov misolini o'ziga olish kerak. Buni sobiq Rossiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Aleksandr Mastovoy aytgan.

Rossiyalik futbolchining «Galatasaray»dagi muvaffaqiyatsiz debyuti haqida savolga javob berar ekan, Mastovoy darvozabonning «PSJ»da bir yil zaxirada o'tirganini eslatdi.

«Muvaffaqiyatsiz o'ynadi, lekin siz nima kutgandingiz? Yigit 21 yoshda. U hozir haqiqiy futbol olamiga kirib keldi. Bu olamda ko'tarilish va tushishlar bo'lmasligi mumkin emas. U bundan zavqlanishi kerak», - dedi ekspert «Championat» bilan suhbatda.

Galatasarayga o'tgandan so'ng, Batrakov Turkiya Superligasi va Chempionlar ligasida beshta o'yin o'tkazdi va bir assist bilan ajralib turdi.

Safonov «PSJ» tarkibida ikki marta Chempionlar ligasining g'olibi bo'lgan.