«Monako» futbolchisi Aleksandr Golovinning agenti Aleksandr Klyuev, uning mijoziga Saudiya Arabistonida karerasini davom ettirish imkoniyati borligini ma'lum qildi.

- Aleksandr Golovin haqiqatan ham Saudiya Arabistonidan bir klubdan taklif oldi. Andrey Arshavin hamma narsani to'g'ri aytdi. Bu saudiyaliklar uchun top-klub. Boshqalar bilan hatto muhokama ham qilmaymiz. Bu yo'nalishdagi voqealar qanday rivojlanishi haqida hozircha biror narsa aytish qiyin, - deya agentni Sport24 iqtibos keltirmoqda.

Golovin 2018-yil yozida 30 million evro evaziga «CSKA»dan «Monako»ga o'tgan. O'sha paytdan beri rus futbolchisi 273 uchrashuvda qatnashib, 40 marta gol urdi va 48 assist berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha davom etadi.

Shuningdek, bir necha hafta oldin «Spartak» va «Zenit» klublarining futbolchiga qiziqishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.