«Liyon» va «Renn» o'rtasidagi Ligi 1ning beshinchi turidagi uchrashuv birinchi bo'lim oxiridan 10 daqiqa oldin to'xtatildi. Sababi, tribunalarda tartibsizliklar yuzaga kelgan.
Uchrashuv qachon davom etishi hozircha ma'lum emas. To'xtatish vaqtida hisob 2:0 bo'lib, «Liyon» foydasiga edi. Mehmonlar safida ikki gol urgan futbolchi — Ernest Nuama.
To'rt turdan so'ng «Liyon» 8 ochko bilan beshinchi o'rinda, lekin yo'qotilgan ochkolar bo'yicha «Parij» bilan ikkinchi o'rinni bo'lishmoqda.
«Renn» esa 10 ochko bilan to'rtinchi o'rinda. Jamoa, agar ikki va undan ko'p farq bilan g'alaba qozonsa, turnir jadvalini boshqarishi mumkin.
Paralel uchrashuvlarda «Anje» tanaffusda «Trua»ni 1:0 hisobida yutmoqda, «Le-Man» «Loryan» ustidan 1:0 hisobida oldinda, «Tuluza» va «Gavr» esa bir-birini xavotirga sololmayapti.
