«Oltin to'p» nominatsiyasiga 30 futbolchi kiritilgan bo'lib, ulardan 10 tasi «PSJ»dan. Parij jamoasining bosh murabbiyi Luis Enrike ushbu nufuzli mukofot uchun kurash haqida fikr bildirdi.

«Biz 10 nafar futbolchimizning eng yaxshi 30 talikka kiritilganidan juda xursandmiz. Agar bizda imkoniyat bo'lsa, Dezire Dueni ham qo'shgan bo'lardik. U nima uchun yo'q?» - dedi Enrike.

«Oltin to'p»ni «PSJ»dan biror futbolchi yutishini umid qilamiz, kim bo'lishidan qat'i nazar. Biz bu mukofotni olishga loyiqmiz. Biz har doim futbolchilarimizni himoya qilamiz – bu bizning falsafamiz» - deya Enrike so'zlarini keltirmoqda RMC Sport.

«Oltin to'p» 26-oktyabrda taqdim etiladi. Bu yilgi marosim Londonda bo'lib o'tadi.