«Manchester Yunayted»ning qanot himoyachisi Luk Shou joriy mavsum tugagach, jamoani tark etishi mumkin. Ushbu ma'lumotni jurnalist Kris Uiler taqdim etdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, hozirda «Manchester Yunayted» 31 yoshli futbolchi bilan tugaydigan shartnomani uzaytirmasligi ko'rinmoqda. Kelasi yozda Shou erkin agentga aylanishi mumkin.
Himoyachi 2014 yildan beri «qizil iblislar» safida o'ynaydi. Joriy mavsumda u Angliya Premer-ligasida uchta o'yinda maydonga tushib, bir assist qayd etdi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari Shouni sakkiz million evroga baholamoqda.
