Belgiya himoyachisi «Sanderlend» Toma Monye o'zining sobiq jamoa doshti «Lille» dan «Manchester Siti» ga o'tgan Buaddi haqida fikr bildirdi. O'tgan yozda «shaharchilar» 18 yoshli marokashlik futbolchi uchun 95 million evro to'lashdi.

«Ayyub ajoyib. Lekin biz pul haqida gaplashmasligimiz kerak, chunki bunda hech qanday mantiq yo'q. 200 million funtga eshak sotib olish mumkin, juda yaxshi o'yinchini esa 20 millionga. Transfer summalari endi hech qanday ma'noga ega emas», — dedi Monye The Athletic bilan bo'lgan intervyusida.

«Manchester Siti» tarkibida Buaddi barcha musobaqalarda uchta o'yinda ishtirok etdi, lekin hech qanday samarali harakat qayd etmadi.