Ataqchi yarimhimoya o'yinchisi Fermin Lopez Londondagi «Arsenal»ni qiziqtirmoqda. Bu ma'lumotni ElNacional e'lon qildi.

Manbaga ko'ra, «kanonirlar» «Barselona»ga Fermin uchun 100 million evrodan ortiq taklif berishga tayyor. Bundan tashqari, klub transfer amalga oshsa, ispanning maoshini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.

Yarimhimoyachi bilan qiziqish «Chelsi» tomonidan ham bildirilgan, ammo Fermin uchun ustuvor vazifa «Barselona»da qolishdir. Biroq, u ko'proq daromad olishni xohlaydi, shunda o'zini klub uchun qadrli his qiladi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Fermin barcha musobaqalarda olti o'yinda ishtirok etib, to'rt gol urdi va ikki assist berdi.

Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.

«Chelsi» «Barselona» yulduzi uchun 120 million evrodan ortiq taklif berishga tayyor