40 yoshli markaziy himoyachi Sergio Ramos Angliya Premer-ligasiga ko'chishga yaqin. Buni Suporter Media xabar qilmoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchini Aston Villa sotib olishni rejalashtirmoqda. Shartnoma yaqin orada yakunlanishi aytilmoqda.
Ramosning oxirgi klubi Monterrey bo'lib, u o‘tgan yilning oxirida ushbu klubni tark etgan. O'shandan beri himoyachi maydonga tushmagan.
Avvalroq Ramos «Sevilya», «Real» va «PSJ» jamoalarida ham o'ynagan.
Aston Villa yangi mavsumda Angliya chempionatida muvaffaqiyatli boshlamadi. To'rt turdan so'ng, jamoaning hisobida atigi bitta ball bor. Hozirda Unai Emery boshqaruvidagi jamoa 19-o'rinda, ya'ni oxirgi o'rindan bir qadam yuqorida turibdi.
