«Ayaks» 30 yoshli yarim himoyachi Yiv Bissuma bilan deyarli kelishuvga erishdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Maliyalik futbolchi o‘tgan yozda «Tottenhem» bilan tuzilgan shartnomasi tugagandan so‘ng, erkin agent maqomida bo‘lib, «Ayaks»ga transfer oynasi yopilgandan keyin qo‘shilishi mumkin.
Bissuma APLda 202 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. U Angliyada «Brayton» va «Tottenhem» klublarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi jarohatlar tufayli faqat 11 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Oldinroq Bissuma o‘zining o‘yin sifatlari bilan «Ayaks»ning qiziqishiga tushgan edi. Biroq, klub uning jismoniy tayyorgarligi va xulq-atvori haqida shubhalar bildirgan. 2024 yilda «Tottenhem» futbolchini azot oksidi iste'moli uchun chetlatgan edi.
